Talab va shartlar

MAXFIYLIK

Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJda biz barcha mijozlarimizning shaxsiy hayotini hurmat qilamiz va ularning shaxsiy ma'lumotlarini maxfiyligini ta'minlash borasida barcha choralarni ko'ramiz.

Biz mijozlarimizning bizning jamoamizga bo'lgan ishonchini juda ham qadrlaymiz va shu sababdan ular bizga ishonib topshirgan barcha shaxsiy ma'lumotlarni xavfsiz tarzda himoyalashga va ularni hech qachon uchinchi shaxslarga berilmasligiga kafolat beramiz. Biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni sizning oldindan bergan roziligingizsiz, hatto boshqa nomzodlarga ham ko'rsatmaymiz.

Biz ishtirokchilarimiz bizga ishonib taqdim etgan shaxsiy ma'lumotlarini qanchalik qadrlashlarini yahshi tushunamiz. Aynan shu maqsadda biz barcha ma'lumotlarimizga o’ta ehtiyotkorlik bilan g'amxo'rlik qilamiz va shu orqali mijozlarimizning tashkilotimizga bo’lgan ishonchini doimo mustahkam ravishda saqlab qolishga ishonchni hosil qilamiz.

Biz har bir bosqichda sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni, shuningdek boshqa qolgan barcha ishtirokchilarning ma'lumotlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko'rishimizga ishonchingiz komil bo'lishi mumkin. Biz, aslo, odamlarning shaxsiy ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga sotish yoki ular bilan bu borada fikr-mulohaza taqsimlash uchun emas, balki qalblar juftlari bir-birlarini topishiga yordam berishga intilamiz, harakat qilamiz.

JUFTINGIZNI  TOPISH  TALAB  VA  SHARTLARI

Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsiga nomzod sifatida qo'shilishingiz bilan siz ushbu tashkilotning qoida va shartlariga asoslangan shartnomani tuzishingiz lozim deb hisoblanadi. Ro'yxatdan o'tish to'lovini amalga oshirish va Shartnomani imzolash, bu sizning ushbu Shartnoma shartlarini qabul qilganligingizdan dalolat beradi. Bizning Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “OHT” MChJsi ba’zan, hamma Ishtirokchilarni yozma ravishda xabardor qilgan holda, ushbu shartlarga o'zgartirishlar kiritishi mumkin.

1 band – O'zaro aloqa

Qoidaga binoan, bizning agentimiz mijozga haqiqiy juftini izlab topish xizmatlari qanday qilib ishlashini tushuntiradi va unga Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsiga taqdim etilishi zarur bo’lgan barcha hujjatlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Mijoz Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “OHT” MChJsiga barcha kerakli ma’lumotlarni, shuningdek unga umr yo‘ldoshi sifatida munosib bo‘lgan nomzodni izlab topish va to‘g‘ri tanlash uchun zarur bo‘lgan barcha tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni o‘z zimmasiga oladi.

Mijoz butun aʼzoligi davomida o‘zining umr yo’ldoshini izlab topish maqsadida “Oila Hayot Tayanchi” MChJsi xizmatlarini jalb qilishga rozichilik beradi.

2 band – Mijozning xizmatlarni rad etish huquqi

Mijoz Shartnomani imzolab, uni Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsiga qaytarib yuborganidan so’ng mijozga, “Oila Hayot Tayanchi” MChJsini elektron xati bilan yoki yozma ravishda xabardor qilish orqali ushbu Shartnomani 5 kalendar kun mobaynida bekor qilish imkoniyati beriladi.

Agar Mijoz Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsi bilan tuzilgan Shartnomani bekor qilsa, Ro'yxatdan o'tish to'lovi qaytarib berilmaydi. Agar Mijoz 5 kalendar kun muddati tugashidan oldin xizmatlarni bekor qilsa, ushbu Shartnoma o’tgan sana bilan bekor qilinadi.

3 band –  Jarayon  

1 - qadam: Ro'yxatdan o'tish va profil yaratish

Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsi vakili Mijozga Shartnoma, shuningdek to‘ldirilish uchun Anketa va So’rovnomalarni yuborish vazifasini zimmasiga oladi. O'z navbatida Mijoz esa Shartnoma shartlari bilan tanishib chiqib, uni imzolash va shundan so‘ng Ro'yxatdan o'tish to'lovini amalga oshirish vazifasini o’z zimmasiga oladi. Shundan keyin Mijoz Anketa va So’rovnomalarni to‘ldirishi va o‘zining profilini yaratish uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlar to‘plamini “Oila Hayot Tayanchi” MChJsiga taqdim etishi lozim bo’ladi.

2 - qadam: Tanlash va ma’lumotlarni taqdim etish

Mijoz roʻyxatidan oʻtib “Oila Hayot Tayanchi”MChJsining Ishtirokchisi boʻlishi bilanoq, bizning vakilimiz bu Ishtirokchining kelajak umr yo’ldoshini izlab topish jarayonini boshlaydi. Noma'lum vaqt o’tishi bilan Ishtirokchiga, uning profiliga mos keladigan, ba'zi potentsial nomzodlarning Anketalari taqdim etiladi. Shundan so'ng, Ishtirokchi o'z tanlovini amalga oshirib, ushbu nomzodlarning qaysi biri bilan uchrashishni xohlayotganini aniqlashi kerak bo’ladi. Munosib nomzodlardan birini tanlagandan so'ng, Ishtirokchi har bir tanlagan nomzodi uchun tegishli bo’lgan to'lovni amalga oshirishi lozim bo’ladi.

3 - qadam: Qo'shimcha takliflar

Ushbu a'zolik davrida 3-bandning 2- qadamida tasvirlangan jarayon Mijozning iltimosiga binoan, aynan o'sha o’zining ko’nglidagi qalb jufti bilan uchrashkuniga qadar takrorlanishi mumkin.

Bizning Shartlarimiz haqida batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi elektron pochta manzili orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin: info@oht-nikoh.uz