Tez-tez So'raladigan Savollar

Bizning asosiy maqsadimiz – 19 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan, kelajakda jiddiy turmush qurish niyati bilan yurgan, lekin hali turmush qurmagan, yoki ajrashgan, shuningdek beva ayol va erkaklar uchun ularga munosib bo’lgan juftini / bo’lajak umr yo'ldoshini topishda yordam ko’rsatishdir.

Bizning xizmatlarimiz oila qurishga jiddiy intilayotgan, ammo bunga erishish maqsadida na vaqt, sabr, balkim, hatto qidirish istagi bo’lmagan, yoki o’zining jufti halolini qayerdan va qanday qilib topishni bilmagan yolg'iz, ajrashgan yoki beva ayol va erkaklar uchun tashkil topgan.

Bizning Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsi ba’zi sabablarga ko’ra ayrim shaxslarga o’z xizmatini ko’rsatishda rad etishi mumkin. Bu sabablar quyida keltirilgan mijoz holatlarini o’z ichiga oladi:

  1. Kelajakda oila qurish uchun o’ziga munosib umr yo’ldoshni topish borasida jiddiy maqsadi bo’lmagan (bular quyidagilarni o'z ichiga oladi, lekin bular bilan cheklanmaydi: oddiy o'zini qanoatlantirish yoki zavq olish, aldash, talon qilish, yoki har qanday boshqa yomon, buzuq niyatlar va jinoiy xatti-harakatlarni va hokazolarni o’ziga maqsad qilib olgan) mijoz;
  1. Sog'ligi borasida jiddiy muammolari yoki ruhiy kassalikka duch bo'lgan mijoz (bular quyidagilarni o'z ichiga oladi, lekin bular bilan cheklanmaydi: rak, OIV, sifilis, Altsgeymer kasalligi, shuningdek jiddiy asab kasalliklari va ruhiy og’ish va boshqalar…);
  1. Ikkinchi, uchinchi va x.k. turmush o'rtog'ini topish yoki nikohini qurish maqsadida murojat qilgan mijoz. Bu bizning tashkilotning qoida va talablariga, xuddi shuningdek O'zbekiston Respublikasi qonuniga zid bo’lib, nihoyat biz faqat sog'lom va mas'uliyatli munosabatlar/nikohlarni quvvatlaymiz.
  2. Shartnoma shartlarini bajarishni rad etgan, yoki bizga talab etilgan haqqoniy va to’g’ri ma'lumotlarni, yoki Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsining mas’ul xodimlari tomonidan so'ralgan hujjatlarni biron-bir sababga ko'ra taqdim eta olmaydigan mijoz.

Ish tajribamizning bu bosqichida imkoniyati cheklangan odamlar uchun hali ma'lumotlar bazasi yaratilmagan. Biroq, agar bunga doir talablar kuchaysa va bizga shunday so'rovlar bilan ko’p murojaat qilishni davom ettirishsa, bunda biz kelajakda, imkoniyati cheklangan odamlar uchun ham shunday xizmatlarni yarata olishimizga asos paydo bo’ladi.

Ma'lumot yig'ish va Mijoz bilan tanishish jarayonini yakunlaganimizdan so'ng, biz mumkin bo'lganga qadar, cheklangan vaqt mobaynida, sizga mos keladigan juftingizni topish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz, bundan tashaqari “Oila Hayot Tayanchi” MChJning tashkiliy tuzilishi izlash jarayoniga sarflanadigan vaqtdan foyda olishga emas, balki asosan natijadan foyda olishga qaratilgan.

Asosiy to'lov faqat natija asosida, ya'ni faqat, sizning talablaringizga javob beradigan, munosib nomzod topilib tanlanganidan so’ng amalga oshiriladi.

Ushbu toifadagi faoliyat turida har bir holat o’ziga xos va bir biridan ancha farqlanishi tufayli bizning tashkilotimiz sizga munosib bo’lgan kelajak umr yo’ldoshingiznii belgilangan yoki cheklangan vaqt mobaynida topishga kafolat berolmasa ham, bizning tashkilot o’zining tashkil etilishi va tuzilishi tufayli, haqqoniy juftingizni izlab topishga sarflangan vaqtdan hech qanday foyda ololmaydi.

Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsi o’zining va sizning qimmatbaho vaqtingizni behuda sarflashdan aslo manfaatdor emas!

Biz sizning so'rovingizga muvofiq mos nomzodlarni sizga taqdim etganimizdan so'ng, siz qaysi bo’lajak potentsial umr yo'ldosh bilan munosabatlarni keyingi pag’onaga ko’tarishni xohlashingizni, ya’ni kim bilan uchrashuvga chiqishni tanlashingiz kerak bo'ladi. Nomzodlardan birini tanlashingizdan oldin, siz o'zingizning izoh va sabablaringizni tushuntirib berish asosida, sizga taqdim etilgan nomzod(lar) bilan uchrashishni rad etish huquqingiz bor, binobarin biz so’nggi izlanishlarimizda bularni barchasini inobatga olgan holda sizning juftingizni topishni davom ettiramiz.

Aks holda, uchrashuvdan so'ng, birinchi uchrashuvning qanday o'tganligini va ikkalangiz ham uchrashuv natijalaridan mamnun yoki mamnun emasligingizni muhokama qilish uchun siz o’zingizning konsultantingiz bilan bog’lanishingiz kerak bo’ladi. Agar siz qilgan tanlovingizni noto’g’ri deb topgan bo’lsangiz, aynan bu nomzodda sizga nima to’g’ri kelmaganligini aniq tushuntirib berishingiz kerak bo’ladi, shunda konsultantingiz siz qayd etgan barcha fikr-mulohaza va sharhlaringizni  inobatga olib izlanishlarni yana davom ettira oladi.

Shuning uchun, agar uchrashuvdan keyin bu nomzod sizga yoqmasa, biz yana izlanishlarni davom ettiramiz, yoki boshqa mavjud va sizga munosib bo’lgan nomzod  haqidagi ma’lumotlarni sizga taqdim etamiz. Biroq, kim bilan uchrashishni xohlayotganingizni tanlaganingizdan keyin, siz bundan oldin to'lovni amalga oshirishingiz kerak bo'ladi.

Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsining tashkiliy tuzilishi avans yoki a’zolikdan kelib tushadigan daromadga emas, balki faqat keltirilgan natijalarga asoslangan foyda asosida tuzilgan bo'lib, bu mijozlarimizni tavakkallik omillarini yuqori darajada minimallashtirish bilan ta’minlaydi. Biz har bir individuumning istayotgan natijasiga erishish maqsadida harakat qilamiz va har birini qayg’uramiz!

Agar siz potentsial umr yo'ldoshingizni topishga samimiy va jiddiy xohishingiz, niyatingiz bo’lsa va bu ishni bizga topshirmoqchi bo'lsangiz, lekin shu bilan birga bizning xizmatlarimizni to'lash uchun etarli yoki to’liq mablag'ingiz bo'lmasa, siz quyida keltirilgan holatlarda 50% chegirmaga yoki hatto to'liq bepul xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin. 

Buning asosiy shartlaridan biri bu ariza beruvchilar qo'shimcha ravishda “Oila Hayot Tayanchi” MChJsiga ular haqiqatdan ham moddiy ehtiyojga ega ekanliklarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari zarur deb topiladi (bular quyidagilarni o'z ichiga oladi, lekin bular bilan cheklanmaydi: shaxsning yetim yoki vasiysiz, qarindoshlari, aka-uka yoki opa-singillari va boshqa moddiy yordam ko’rsata oladigan insonlarning yo'qligini tasdiqlovchi hujjat; yoki ishsiz, juda kam daromadga ega yoki kam daromadga ega bo’la turib boshqa oila a'zolarini moddiy ta’min etishi zarur bo’lgan, yoki nogiron, uzoq vaqt davomida kasal bo’lib yotgan bemorga (oila a'zosiga) g'amxo'rlik ko’rsatayotganligini tasdiqlovchi hujjatlardan va hokazolardan iboratdir). Bundan tashqari Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsi bilan tuzilgan Shartnomaga asosan qolgan barcha talab va shartlarni bajarishi lozim deb ko'riladi. 

Avvalam bor siz to'lovni amalga oshirishingizdan oldin o’zingizga ma’qul kelgan nomzodni tanlashingiz kerak bo’ladi, shuning uchun siz o'zingizning shaxsan tanlovingiz uchun o’zingiz ma’sul hisoblanasiz.

Bundan tashqari, ushbu faoliyat turida biz inson omillari bilan ish olib boramiz, ya’ni aynan sub’yektiv va har doim ham ob’yektiv bo'lmagan, shuningdek, oldindan aytib bo’ladigan yoki aytib bo'lmaydigan, izchil yoki izchil bo’lmagan, ba'zida ta’sirchan, ba'zida esa befarq bo'ladigan insoniy omillar bilan to’qnashishimiz mumkin.

Shuning uchun ham, bu tabiiyki, bunday insoniy omillar haqida gap ketayotganda, o’zimizga butunlay ma’suliyatni olishimizni o’zi, yoki hatto bizdan 100% kafolat kutishingizni to’g’ri deb qabul qilishimiz, biz uchun bizning kaltafahmligimizdan dalolat berardi, chunki ushbu faoliyat turida boshqa insonlarning his-tuyg’ulari va kechinmalari hususida ish olib boriladi.

Bizning kafolatimiz faqat siz taqdim etgan ma'lumotlar va siz bergan bayonotlar asosida siz uchun mos keladigan nomzodni topishdan iboratdir.

Ikkala tomon ham tanlangan nomzod bilan munosabatlarini saqlab qolish istagini tasdiqlashlari bilan, shuningdek ularning bizga bildirgan istagi asosida, bu juftlikka va ularning oila a'zolariga bir-birlari bilan yaqinroqdan tanishish va bir-birlarini yaxshiroq bilib olish uchun vaqt beriladi. Ushbu vaqt mobaynida biz bu juftlik uchun so'nggi izlanishlarni vaqtinchalik to'xtatamiz.

Shundan so’ng ikkala tomon ham ushbu inson aynan shu istalgan, bo’lajak umr yo’ldoshi degan xulosaga kelganliklarini tasdiqlashlari va Yakuniy to'lovni amalga oshirishlari bilan bizning xizmatlarimiz o'z yakunini topgan deb hisoblanadi.

"Oila Hayot Tayanchi" MChJsi yuridik shaxs bo'lib, uning faoliyati davlatimiz qonunlari tomonidan tartibga solinadi. Biz o’z majburiyatlarimizni va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik va qarorlarini ham, va ularga qanday rioya qilish kerakligini ham yahshi tushunamiz.

Ushbu nozik sohada biz birinchi navbatda Mijozlar manfaatlarining ustivorligini saqlab qolishga harakat qilamiz. Shu sababdan "Oila Hayot Tayanchi" MChJsi faqatgina Mijoz g'alaba qozongan taqdirdagina foyda olishga qaratilgan bo’lib, bu sizning ustuvor niyatlaringizni bizning ustuvor vazifamizga aylantiradi.

Biroq, asosiy navbatda, haqiqiy ishonch faqat vaqt va tajriba bilan birga keladi. Shunday qilib, agar bizni haqiqatdan ham ishonchli ekanligimizga amin bo’lmoqchi bo’lsangiz, biz bilan shaxsan tajriba orttirishingiz lozim bo’ladi!