Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsi Markaziy Osiyodagi eng yetakchi professional va jiddiy agentlik bo’lib, mijozlarimiz uchun tengsiz natijalarga erishish maqsadida, bo’lajak umr yo’ldoshingizni, juftingizni izlab topishda tasdiqlangan metodlardan hamda psixologik baholash usullaridan foydalanadi. Biz eng yuqori darajadagi tanlov tizimiga e'tiborimizni qaratib, noyob va yuqori sifatli tanishishni ta'minlaymiz.

Biz ish faoliyatimizni qanday yuritamiz

Avvalom bor shuni ta'kidlab o’tish lozimki, siz o’z umr yo’ldoshingizni topmaguningizcha bizning ishimiz yakun topmaydi. Bizning xizmatlarimiz quyidagilarni o'z ichiga oladi:

Hech qanday majburiyatlarsiz siz uchun uyushtirilgan birinchi uchrashuv

Nomzodlarni aynan sizdek bir xil maqsadlarni izlayotgan yolg'iz odamlar bilan to’g’ri qiyoslab individual tanlash

Siz kim bilan uchrashayotganingizni aniq bilishingiz uchun barcha nomzodlarga tegishli bo’lgan ma’lumotlar astoydil tekshirilishi

Ziyraklik va maxfiylik

Mijoz xohishiga binoan uchrashuvlar

Onlayn aniqlab bo'lmaydigan jihatlarni: shaxsiyat va hissiyotlar borasida aniqlab olish

Ishtirokchining xohishiga binoan, butun jarayon davomida beriladigan so’nggi konsultatsiya va maslahatlar

Aniq ko’rinib turibdiki, ushbu tafsilotlar inobatga olingan holatda siz Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJ sining ishonchli qo’llarida bo’lasiz. Odamlarni chuqur anglay olish, shuningdek aloqa va o’zaro munosabatlarning ahamiyatini va muhimligini chuqur tushungan holda, biz siz uchun eng sara umr yo’ldoshini topishga haqqoniy tayyormiz.

Bizning eksklyuziv xizmatlarimizni qaysi omillar eng yaxshi tavsiflashini bilasizmi?

Birinchidan, bizning professional agentlarimizdan iborat bo’lgan jamoamiz  katta professional tajribani va shuningdek, qilayotgan ishiga bo’lgan kuchli ishtiyoqni o’zida birlashtiradi.

Ikkinchidan, sizga haqqoniy juftingizni topish borasida ko’rsatiladigan xizmatlarimizning samarasini eng yuqori darajaga ko’tarish maqsadida, bizning mijozlarimizga tegishli bo’lgan barcha ma’lumotlar sinchkovlik bilan tekshiriladi. Bizning eng yaxshi mijozlarimiz safiga oila a'zolari yoki do'stlari tomonidan tavsiya qilingan mijozlar kiradi, bu esa bizga xizmatlarimiz sifati bilan faxrlanishimizga sabab bo'la oladi.

Agar siz bizning Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJning faol Ishtirokchisi boʻlishni istasangiz, birinchi qadamingiz, bu bizning professional maslahatchilarimizdan biri bilan majburiy boʻlmagan, maxfiy konsultatsiyani o'tkazishingiz bo’lishi mumkin.

Bunday konsultasiya bizga oldingi tajribamizda nima yaxshi natija berganini va sizning kelajak jufti halolingizga nisbatan bo’lgan umidlartingizni yahshi tushunishga yordam beradi. Bu muhokama davomida biz ushbu professional qidiruv xizmati sizga mos kelish yoki kelmasligini aniqlaymiz. 

Tanlangan va individual ravishda

Bugungi zamonaviy hayotda samimiy munosabatlar uchun har bir kishiga mos keladigan insonni topish va undan ham ko'proq, ajrashgan, beva yoki yolg'iz ota-onalar uchun bularning barchasiga vaqt topish tobora murakkablashib qiyin bo’lib bormoqda. Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsi – siz uchun bu muammoni hal qiluvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi.

Biz yolg'iz ota-onalar uchun o’zining haqiqiy juftini topish uchun qanchalik ko’p vaqt va harakat zarur ekanligini juda yahshi tushunamiz, aynan bizning xizmatlarimiz sizga shu maqsadingizga erishish yo’lida sarflashingiz lozim bo'lgan vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi.

Bizning individual yondashuvimiz o’z juftingizni topishni yangi bosqichga olib chiqadi. Biz sizning bo’lajak turmush o'rtog'ingizni aniqlash uchun muvaffaqiyatli ishga yollovchilarning qo’llash jarayonlarini birlashtiramiz. Shaxsiy suhbatlar va profilda qayd etilgan shaxsiy ma’lumotlarni tekshirish asosida maksimal darajada nomzodlarga baho berish bizga mijozimizning kelib chiqishi, xoxish – istaklari va maqsadlari haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish imkonini beradi.

Ma'lumotingiz yoki yoshingiz qanday bo'lishidan qat'iy nazar biz siz uchun munosib juftni topa olishimizga aminmiz. Siz 40 yoshdan oshgan yoki undan ham yetuk yosh guruhidagi insonni qidirayotgan bo’lsangiz, yoki shunchaki o'zingizning imkoniyatlaringizni sinab ko’rishni xohlasangiz, aynan siz izlayotgan juftni topish tashvishlarini bizning maslahatchilarimiz tortadilar. Sizning kimligingiz va munosabatlarda nimani izlayotganingiz haqida qanchalik ko'p bilib olsak, sizning haqiqiy kelajak umr yo’ldoshingizni topa olish imkoniyati shunchalik kuchayadi. Shu sababli ham mijozlarimiz bilan ijobiy munosabatlarni rivojlantirish biz uchun o’ta muhim ahamiyatga ega. Sizning potentsial umr yo’ldoshingizni izlashni boshlashdan oldin, siz kimligingiz, nima istayotganingiz va sizning ehtiyojlaringiz nimalardan iborat ekanligiga biz ishonch hosil qilishimiz kerak bo’ladi. Aynan shunday individual yondashuv sizga eng mos nomzodni tanlash imkonini va shu bilan birga siz uchun yoqimli va qulay bo’lgan jarayonni ta’minlab beradi.

Biz aynan shu sababli tashkil topdik va biz sizga shunday xizmatlarni taqdim eta olamiz, shuning uchun bu yo’lni biz bilan birga bosib o’tishda biz bilan bog’lanishga hech shubhalanmang!