Maxfiylik siyosati

Sizning kimligingizni aniqlovchi ma'lumotlarni (K.A.M.) qaysi birlarini sizdan so'rashimiz mumkinligini, va shuningdek ushbu ma'lumotlar nima uchun ishlatilishi, kimga berilishi va shaxsiy ma'lumotlaringizni qanday qilib himoya qilinishi to’g’risida sizni boxabar qilish uchun biz ushbu maxfiylik siyosatini ishlab chiqdik.

Sizning kimligingizni aniqlovchi ma'lumotlarga jumladan ismingiz, yashash manzilingiz, telefon raqam yoki elektron pochta manzili va hokazolarni, ya’ni aynan bir shaxsga taalluqli bo'lgan ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.

Ushbu maxfiylik siyosati www.oht-nikoh.uz veb-sayti uchun mo'ljallangan bo’lib, ushbu veb-sayt "Oila Hayot Tayanchi" MChJsi tomonidan boshqariladi va uning foydalanuvchilari, xususan, bizning xizmatlarimizdan foydalanishni istagan barcha insonlarga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni maxfiyligini saqlab qolishni ta’minlaydi.

Ushbu siyosat ma’lumotlarning maxfiyligi bilan bog'liq bo’lgan turli sohalarni o'z ichiga oladi, shuningdek ushbu veb-sayt foydalanuvchilari va egalarining talab va majburiyatlarini belgilaydi.

Veb-sayt

Ushbu veb-sayt va uning egalari foydalanuvchilarning shaxsiy hayotining maxfiy saqlanishiga jiddiy yondashishadi va ularning butun tashrifi davomida, foydalanuvchilarning maxfiyligini himoya qiluvchi barcha zarur choralarni ko'rilishi bilan ta'minlaydi. Ushbu veb-sayt barcha mamlakat foydalanuvchilarining maxfiylik talab va qonunlariga javob beradi.

Sizning shaxsiy ma'lumotlaringizdan qanday foydalanamiz?

Elektron pochta marketingi (agar tatbiq etilishi mumkin bo’lsa): biz sizning ruxsatingiz bilan sizga elektron pochta orqali xizmatlarimiz va boshqa yangiliklar haqida xabarlarni yuborishimiz mumkin. Sizga tegishli bo’lgan shaxsiy ma'lumotlar faqat sizning talablaringizni bajarish uchun, ya’ni sizning kelajak umr yo'ldoshingizni izlab topish uchun kerak bo'lgan hollardan tashqari, hech qanday boshqa uchinchi tomonlarga berilmaydi. Berilgan talablar bo'yicha mamlakatdan tashqaridagi qidiruvlar uchun biz sizning ismingizni, elektron pochta manzilingiz, yoshingiz va boshqa ayrim qidiruvga tegishli bo’lgan parametrlarni, shuningdek siz haqingizdagi qisqacha tavsifni oshkor qilishimiz mumkin. Sizning to'liq, aloqaga oid ma'lumotlaringiz hech qachon boshqa uchinchi tomonlarga berilmaydi. Har qanday ma'lumotni ko’rsatishdan oldin, biz har doim sizdan oldindan rozilik olamiz.

Yuqorida aytib o’tilganidek, biz agentligimizdan kimnidir tanishtirganimizda, tanishtirish maqsadida biz boshqa Ishtirokchilarga siz haqingingizda va siz qanday insonni topishni istayotganligingiz tog’risida faqat qisqacha ta’rifni taqdim etamiz. Siz o'zingizning xohishingizga binoan istalgan vaqtda, bu tanishuvni rad qilishingiz mumkin.

Yuqorida ko’rsatilgan maqsadlardan tashqari "Oila Hayot Tayanchi" MChJsi, maʼmuriy va tahliliy maqsadlarda, jumladan axborot tizimlarini boshqarish, buxgalteriya hisobi, hisoblar chiqarish va audit uchun sizga tegishli bo’lgan ayrim maʼlumotlardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, biz sizning ushbu ma'lumotlaringizdan, sizga xizmatlarimizni ko’rsatish maqsadida, masalan, elektron pochta orqali bo’lajak umr yo’ldoshingizni izlab topish holati haqida xabar berish va hokazolar uchun foydalanishimiz mumkin,

SHAXSIY MA'LUMOTLARNI TO'PLASH VA AMALGA OSHIRISH USULLARI

Sizning kelajak umr yo’ldoshingizni topish uchun bizning individual xizmatlarimizni tashkil qilish va taqdim etish maqsadida biz siz haqingizdagi shaxsiy ma'lumotlarni yig'amiz. Ushbu ma'lumotlar quyidagilarni o'z ichiga oladi, lekin bular bilan cheklanmaydi:

1. Ismingiz, elektron pochta manzili, oddiy pochta manzili, telefon raqamingiz, tug'ilgan kuningiz va boshqalar…;

2. Sizgning ke’lajak umr yo’ldoshingizni topish uchun yo’naltirilgan va bizning ish faoliyatimizda zarur bo’lgan, siz haqingizdagi ma'lumotlar;

3. Sizning umr yo’ldoshingizni topishda bizga yordam beruvchi, sizning ideal juftingiz haqida kerakli bo’lgan ma'lumotlar;

"Oila Hayot Tayanchi" MChJ xodimlari sizning profilingizni haqqoniy aks ettirish uchun sizdan olingan har qanday yangi ma’lumotlarni kiritish orqali profilingizni bizning ma’lumotlar bazasida yangilashlari mumkin.

Mening roziligimni qanday olish mumkin?

Bizga shaxsiy ma'lumotlaringizni taqdim qilganingizda, siz ushbu ma'lumotlarni faqat bizga ma'lum bo’lgan shu muayyan maqsadda yig’ish va foydalanish uchun rozilik bergan hisoblanasiz.

Agar biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni boshqa maqsadlarda, masalan marketing uchun qo’llamoqchi bo'lsak, unda biz albatta, rasmiy ravishda sizning roziligingizni so'raymiz va sizga rad etish imkoniyatini beramiz.

Qanday qilib roziligimni qaytarib olishim mumkin?

Agar siz ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng fikringizni o'zgartirsangiz, siz istalgan vaqtda bizning elektron pochta manzilimiz: info@oht-nikoh.uz ga elektron xabarni yuborish orqali shaxsiy ma'lumotlaringizni qayta ishlatilishiga, shu jumladan ma'lumotlaringizni so’nggi to'planishi, foydalanishi yoki boshqa nomzodlarga ko’rsatishga bergan roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin.

Oshkor qilish

Qonun tomonidan talab qilingan va ikkala tomon bilan imzolangan Shartnoma shartlari buzilgan holatlarida, biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni oshkor qilishimiz mumkin deb hisoblaniladi.

Xavfsizlik

Sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilish uchun biz bizga topshirilgan har qanday ma'lumotlarning yo’qolishi yoki ularning g'ayriqonuniy maqsadda ishlatilishi, foydalanilishi, oshkor etilishi, o'zgartirilishi yoki yo'q qilinishining oldini olish maqsadida barcha oqilona choralarni ko'ramiz va shu tarmoqqa oid eng ilg'or tajribali amaliyotlarga amal qilamiz.

Siz toʻldirgan maʼlumotlar faqat siz tomondan qo’yilgan talablarni bajarish maqsadida foydalaniladi. Kelajakda ham sizga so’ralmagan marketing ma'lumotlari yuborilmaydi va bizning Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsi sizning aloqa maʼlumotlaringizni hech qanday elektron pochta roʻyxatlariga qoʻshib tarqatmaydi va biz hech qachon sizga tegishli bo’lgan maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga bermaymiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi platformalar

Ushbu veb-sayt va uning egalari ijtimoiy tarmoqlarda ishtirok etadigan barcha muloqotlar, o'zaro munosabatlar va xatti-harakatlari, har bir ijtimoiy tarmoq platformalari uchun o'rnatilgan talab va shartlarga, shuningdek maxfiylik siyosatiga muvofiqdir.

Foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoq platformalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishlari va bunday platformalarda muloqot davomida o’zining shaxsiy maʼlumotlari borasida hushyorlik bilan munosabat qilishlari tavsiya etiladi. Ushbu veb-sayt va uning egalari hech qachon ijtimoiy tarmoq platformalari orqali sizga tegishli bo’lgan shaxsiy yoki maxfiy ma'lumotlaringizni so'ramaydi va shuningdek nozik masalalarni muhokama qilmoqchi bo'lgan foydalanuvchilarga biz bilan telefon yoki elektron pochta kabi asosiy muloqot kanallari orqali bog'lanishni tavsiya etadi.

Voyaga yetganlik yoshi

Ushbu saytdan foydalanayotib, siz kamida 18 yoshda ekanligingizni, shuningdek siz o'z yashash rayoningiz yoki viloyatingiz hududida voyaga yetgan yoshda ekanligingizni tasdiqlaysiz, yoki siz o'z yashash rayoningiz yoki viloyatingiz hududida voyaga yetgan yoshda bo’lib, o’zingizning qaramog'ingizda bo’lgan, 17 yoshdan kichkina bo'lmagan, har qanday voyaga yetmaganlarga ushbu saytdan foydalanishga ruxsat berganingiz haqida bizga roziligingizni bildirasiz.

Aloqa va muloqot

Elektron pochta jo‘natish jarayonining xavfsizligini ta’minlash maqsadida biz barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirgan bo‘lsakda, ushbu veb-sayt va/yoki uning egalari bilan bog‘lanuvchi foydalanuvchilar, o‘zlarining qarori va o’z tavakkaliga ko’ra o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini bizga uzatayotganliklarini yahshi tushunishlari lozim.

Sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz “Oila Hayot Tayanchi” MChJsi tomonidan qat’iyan faqat sizning soʻrovingizga binoan va shuningdek Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsi bilan tuzilgan Shartnomada koʻrsatilgan barcha shartlarga muvofiq holda ishonchli saqlanadi.

Ushbu veb-sayt va uning egalari sizga taqdim etilgan har qanday ma'lumotdan qat’iyan sizga xizmatlar haqida qo'shimcha ma'lumot berish maqsadida va shuningdek, bizdan so'rashingiz mumkin bo'lgan barcha savol/talablarga javob berish va yordam ko’rsatish uchun foydalanishadi. Sizga tegishli bo’lgan barcha shaxsiy ma'lumotlar hech qachon uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Unutilish huquqi

Agar siz o’zingizning shaxsiy maʼlumotlaringizni bizning bazamizda saqlanishini boshqa xohlamasangiz, unda quyidagi elektron pochta manzili: info@oht-nikoh.uz orqali biz bilan bogʻlaning va bizga bu haqda xabar bering. Shundan so’ng biz albatta sizga tegishli bo’lgan barcha saqlangan maʼlumotlarni oʻchirib tashlaymiz.

Tafsir, tashvish va savollar

Agar sizda ushbu maxfiylik siyosati borasida savollaringiz yoki tafsiringiz bo'lsa, yoki biz ushbu maxfiylik siyosatida belgilangan tamoyillarga rioya qilmaganligimizdan xavotirda bo'lsangiz, bizga bu quyida ko’rsatilgan manzilga: info@oht-nikoh.uz elektron pochta xabarini yuboring.

Agar siz haqingizda mavjud bo'lgan har qanday shaxsiy ma'lumotlarga kirish, tuzatish kiritish, o'zgartirish yoki bizda mavjud bo’lgan har qanday ma’lumotni o'chirish, shikoyat qilish yoki shunchaki qo'shimcha ma'lumot olishni istasangiz, aynan shu elektron pochta manzili: info@oht-nikoh.uz orqali Maxfiylik qoidalariga rioya qilish bo'yicha mas’ul xodimimizga murojaat qiling.

Maxfiylik

Biz o'z sohamizning professional, andishali va sobit mutaxassislarimiz. Bizning printsiplarimiz ham xalqaro, ham an'anaviy O’rta Osiyo qadriyatlari, sifat va ishonchliligiga asoslangan. Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJsi barcha toifa va sinflarga oid xalqlarga xizmat ko‘rsatish uchun markaziy manba sifatida turli hayot sohalari va har xil turmush tarzlari uchun yaratilgan.

Хalqaro miqyosdagi tanishuvlarda ixtisoslashgan “Oila Hayot Tayanchi” MChJ xizmatlari o’ta dinamik va mohirona bo’lib, bular ichki va tashqi munosabatlarda ob’ektivlikni saqlagan holda, mijoz istaklarini qondirishga yo‘naltirilgan.

Maxfiylik bizning muvaffaqiyatga erishishimizda va har bir insonning haqiqiy juftini topishda muhim ro’l o’ynaydi va biz bunga judayam jiddiy qaraymiz. Shu sababli, barcha ishtirokchilar, xodimlar, shuningdek uchinchi tomonlar ma'lumotlarni oshkor qilmaslik to'g'risida shartnoma imzolashlari zarur bo’ladi. Ushbu choralar ishtirokchilarning shaxsiy ma'lumotlari va dalillarini himoya qilish va shuningdek ularning maxfiyligini saqlab qolish bilan ta'minlaydi. Biz aʼzolarimizning shaxsiy hayotining maxfiyligini yuqori darajada himoya qilamiz va hurmat qilamiz.

Biz ishtirokchilarimiz yoki mijozlarimizga boshqa ishtirokchilarga tegishli bo’lgan hamma ma'lumotlarni ko'rib chiqishlariga ruxsat bermaymiz. Bu bizning xizmatlarimiz oshkor etilmasligini, shuningdek ularning maxfiy, sir saqlanishini va shu orqali har bir juftlikni tanlash yoki bir-biriga tanishtirish faqat bizning haqiqiy bir-biriga mos bo’lgan juftliklarni topishda yuqori tajribali va professional agentlarimiz tomonidan amalga oshirilishini ta'minlaydi.